14:46 / 10.06.2015
1730

Pan Gi Mun diniy yetakchilardan turli jamiyatlarni bog‘lash uchun “yelim” sifatida foydalanishga chaqirdi

BMT Bosh kotibi Pan Gi Mun diniy yetakchilarni tinchlik va totuvlikni saqlashda muhim rol o‘ynashga chaqirdi. Bu haqda “Interfaks” axborot agentligi xabar bermoqda.

“Hozirgi beqaror paytlarda diniy yetakchilar barcha jamiyatlarni bog‘lash, mojarolar bilan bog‘liq muammolarni hal qilish uchun yagona asosni yaratish va tinchlikni o‘rnatish uchun qadriyatlarga asoslangan “yelim” bo‘lib xizmat qilishlari mumkin”, deb aytdi BMT bosh kotibi Ostonada bo‘lib o‘tgan diniy yetakchilar s'yezdida.

Pan Gi Mun diniy yetakchilar demokratiya va inson huquqlarini qo‘llab-quvvatlashlari kerakligini aytdi. “Demokratiya va mustahkam erkinlik uchun kenglik qancha ko‘p bo‘lsa, ekstremizm va zo‘ravonlik uchun shunchalik kamroq bo‘ladi”, deb aytdi BMT rahbari.

Top