10:12 / 10.06.2015
1795

Pokistonlik jurnalistlarga o‘zini himoya qilish kurslari o‘tilmoqda

Pokiston huquqni muhofaza qiluvchi organlari urush va ixtiloflar zonasida ishlovchi jurnalistlar uchun o‘quv dasturini tashkil qilishdi. Ta'kidlanishicha, kurs jurnalistlarga teraktlar, harbiy to‘qnashuvlar, ommaviy tartibsizliklar singari holatlarda o‘zini himoya qilish ko‘nikmalarini hosil qilishga qaratilgan.
Dastur Karachi kriminal reportyorlar uyushmasi va xavfsizlikni ta'minlash maxsus bo‘linmasi (SSU) tomonidan tashkil etilgan bo‘lib, Dushman muhitda axborot uzatish dasturi (HEAT) nomini oldi.
HEAT OAV xodimlariga mo‘ljallangan. Mashg‘ulotlar Razzoqobodda joylashgan Shahid Benazir Bxutto nomli politsiya mashg‘ulot majmuasida o‘tkazilmoqda.

Top