01:27 / 10.06.2015
2141

Qozog‘iston prezidenti Finlyandiya prezidenti bilan uchrashdi

9 iyun kuni Finlyandiya prezidenti Sauli Niinistyo V dunyo va an'anaviy dinlar s'yezdida ishtirok etish uchun Qozog‘istonga yetib keldi hamda Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev bilan uchrashdi. Bu haqda Oqo‘rda matbuot xizmati xabar bermoqda.

Uchrashuv chog‘ida tomonlar ikki tomonlama hamkorlikning, xususan savdo-iqtisodiy, investitsion va madaniy-gumanitar sohadagi asosiy masalalarni muhokama qilishdi.

Bundan tashqari, davlatlar rahbarlari xalqaro kun tartibidagi dolzarb masalalar bo‘yicha fikr almashdilar. Nazarboyev Niinistyogsha V dunyo va an'anaviy dinlar s'yezdida ishtirok etayotgani uchun minnatdorchilik bildirdi.

Nazarboyev, shuningdek, davlatlararo munosabatlarning muvaffaqiyatli rivojlanayotganiga e'tiborni qaratdi hamda 2013 yilda Finlyandiya prezidentining Qozog‘istonga tashrifi iqtisodiyot va boshqa ustuvor sohalarda hamkorlikning faollashishiga turtki berganini ta'kidlab o‘tdi.

O‘z navbatida, S.Niinistyo ham Qozog‘iston prezidentiga o‘z minnatdorchiligini bildirdi va ikki tomonlama aloqalarni mustahkamlashning muhimligini ta'kidlab o‘tdi.

Top