16:36 / 10.06.2015
2731

Senegal darvozaboni jamoasini yoshlar o‘rtasidagi JCh-2015 turnirining chorak finaliga olib chiqdi

Yangi Zelandiyada o‘tayotgan yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatida yana ikki nafar chorak finalchilar aniqlandi. Kunning birinchi yarmida Mali va Serbiya terma jamoalari keyingi bosqich masalasini hal qilishgandi. Uchinchi va to‘rtinchi yo‘llanmani AQSh va Senegal terma jamoalari qo‘lga kiritishdi.

AQSh nimchorak finalda Kolumbiya yoshlariga qarshi maydonga tushdi va Rubin tomonidan 58 daqiqada kiritilgan yagona gol evaziga g‘alabani qo‘lga kiritdi. AQSh futbolchisi Akosta 81 daqiqada maydondan chetlatilgan.

Senegal yoshlar terma jamoasi esa ancha qiyinchilik bilan keyingi bosqichga chiqdi. Senegalliklarga Ukraina yoshlar terma jamoasi qarshilik ko‘rsatdi. Ukraina safida Besedin 70 daqiqada hisobni ochgan edi. Ammo senegallik Sarr 83 daqiqada javob to‘pini kiritdi va  o‘yinni qo‘shimcha bo‘limlarga olib o‘tdi. Penaltilar seriyasida esa Senegalning qo‘li baland keldi.

Senegal yoshlar terma jamoasi chorak finalda Avstriya U-20 va O‘zbekiston U-20 juftligi g‘olibi bilan o‘ynaydi.

JCh-2015, U-201/8 final
AQSh U-20 – Kolumbiya U-20 1:0 (0:0, 1:0)
Gol: 1:0 – 58 Rubin. 
AQSh U-20 – Steffen, Myazga, Karter-Vikers, Peyn, Akosta, Xayndmen, Delgado, Zelalem (Tompson, 87), Djyeymison (Allen, 11), Rubin, Arriola (Rekexo, 84).
Kolumbiya U-20 – Montero, Barrera, Kintero, Angulo, Sanches, Telo, Lukumi (Ibarguen, 64), Guterres (Kinones, 60), Sapata (Rodriges, 72), Kinones, Borre.
Ogohlantirishlar: Kintero (20), Arriola (26), Akosta (33), Telo (49), Angulo (54), Barrera (86), Allen (86).
Chetlatish: Akosta (81).


Ukraina U-20 – Senegal U-20 1:1 (0:0, 1:1, 0:0, 0:0), penaltilarga ko‘ra  - 1:3
Gollar: 1:0 – 70 Besedin, 1:1 – 83 Sarr. 
Ukraina U-20 – Sarnavskiy, Kacharaba, Burda, Sobol, Polegenko, Chumak, Luchkevich, Kovalenko (Gabelok, 118), Kabayev (Nemtinov, 27; Yaremchuk, 90), Besedin, Xaratin.
Senegal U-20 – Si, Sane, Vage, Silla, Sisse, Nassalan (Vadji, 109), Ndiay, Gomis, Sarr, Tiam (Nyang, 75), Kone (Sou, 99).
Penaltilar seriyasi: 1:0, 1:1, 1:2, 1:3.
Ogohlantirishlar:  Kone (24), Ndiay (63), Si (73), Besedin (73), Sobol (114).

Top