17:04 / 10.06.2015
1649

Simeone Teves «Atletiko»ni ideal tarzda kuchaytira olishini aytdi

«Atletiko» klubi bosh murabbiyi Diyego Simeone "Yuventus" hujumchisi Karlos Teves va "Vilyarreal"dan Lusiano Vettoning tarkibga qo‘shib olinishi uchun harakat boshlangani haqidagi xabarlarga izoh berib o‘tdi.

"To‘g‘risi men hali Teves bilan gaplashganim yo‘q. Ammo klub uning agenti bilan muzokara olib borayotganini bilaman. Menga har doim Tevesga o‘xshash futbolchilar bilan ishlash juda yoqqan.

Karlos mavsum davomida yetarlicha gollar uradi. U «Atletiko»ning o‘yin uslubiga juda mos keladi va jamoani ideal tarzda kuchaytirgan bo‘lardi", - deydi murabbiy.

Vettoni xarid qilish esa rahbariyat tomonidan ham, men tomonimdan ham ma'qul ko‘rilgan maqsad. Biz uni qo‘lga kiritishga yaqin turibmiz. U alohida xarakterga ega futbolchi. U bilan "Rasing"da o‘ynayotgan paytidan tanishman. U menga Vilyaning yoshligini eslatadi", deydi Simeone.
 
Top