17:13 / 10.06.2015
1571

Toshkentda tarmoq sanoat yarmarkasi bo‘lib o‘tmoqda

Toshkentdagi “O‘zekspomarkaz” ko‘rgazmalar majmuasida geologiya, yonilg‘i-energetika majmuasi, kimyo, neft-kimyo va metallurgiya sanoati va majmuasi, axborot tizimlari va telekommunikatsiyalar masalalari bo‘yicha tarmoq sanoat yarmarkasi bo‘lib o‘tmoqda.

Tadbir har yili an'anaviy tarzda o‘tkazilishi odat tusiga kirgan, joriy yilda 26 oktabrdan 2 noyabrgacha o‘tkaziladigan Xalqaro sanoat yarmarkasi va Kooperatsion birjasining birinchi bosqichi doirasida o‘tkazilmoqda.

Yarmarkani o‘tkazishdan asosiy maqsad korxonalarga qayta ishlangan xomashyo, materiallar va butlovchi qismlar, tayyor mahsulotlarni ishlab chiqarish va yetkazishda uzoq muddatli xo‘jalik aloqalarini kengaytirish va tarmoq va tarmoqlararo kooperatsiyani rivojlantirish asosida yangi mahsulot turlarini o‘zlashtirish, xorijiy xaridorlarni va O‘zbekistonda o‘z mahsulotini ishlab chiqarishni tashkil etishni rejalashtirayotgan potensial hamkorlarni jalb qilishdan iborat.

Top