"Marsel” jamoasi sobiq yarim himoyachisi Andre Ayyu faoliyatini “Suonsi” klubida davom ettiradigan bo‘ldi.
Uelsliklar jamoasi 25 yoshli ganalik futbolchi bilan 4 yillik shartnoma imzolagan.
Qayd etish joizki, ganalik futbolchining “Marsel” bilan kelishuvi shu yozda o‘z nihoyasiga yetgani sababli, u “Suonsi”ga erkin agenti sifatida kelib qo‘shildi.
Tez orada Ayyu Angliyada ishlashga ruxsatnoma olishi kutilmoqda.