22:05 / 11.06.2015
4250

AQShda akulalar olib ketayotgan yuk mashinasi ag‘darilib ketdi

AQShning Florida shtatida akulalar olib ketayotgan yuk mashinasi ishtirokida yo‘l-transport hodisasi yuz berdi.

I-95 trassasida Nyu-York akvariumiga 5ta katta akvariumda 1,5 metrlik akulalarni olib ketayotgan yuk mashinasi g‘ildiragi teshilishi oqibatida ag‘darilib ketdi.

YTH oqibatida akvariumlardan biri sinib, uning ichidagi akula voqea joyida halok bo‘ldi. Qutqaruvchilar guruhi qolgan 4ta akulani boshqa yuk mashinasiga ortib, ularni o‘z manziliga jo‘natib yuborishdi.

Top