21:10 / 11.06.2015
1467

Hillari Klinton Instagram’da o‘z sahifasini ochdi

AQSh Demokratlar partiyasidan mamlakat prezidentligiga nomzodini qo‘yishi kutilayotgan sobiq davlat kotibi Hillari Klinton Instagram ijtimoiy tarmog‘ida o‘z sahifasini ochdi.

Bir kundan kamroq vaqt ichida siyosatchining o‘quvchilari soni 78 mingga yaqinlashgan. Hozirgacha Klinton o‘z sahifasida uchta surat chop etgan bo‘lib, ulardan birida osgichlarga ilingan turli ish kiyimlari tasvirlangan va «Qiyin tanlov» deb izoh berilgan.

Akkaunt ta'rifida Hillari Klinton o‘zini mehribon buvi sifatida tanishtirgan va o‘zining saylovoldi kampaniyasi saytiga havola bergan.

Top