17:38 / 11.06.2015
1751

IHT va O‘zbekiston o‘rtasidagi samarali hamkorlik rivojlanayotganini ta'kidlandi

Islom hamkorlik tashkiloti Bosh kotibi Iyad Amin Madaniy O‘zbekistonga tashrif buyurgani haqida xabar berib o‘tgandik.

Martabali mehmon O‘zbekistondagi tashrifiga borasida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Tashrif davomida biz Prezident Islom Karimov bilan juda samarali muzokaralar olib bordik va tomonlarni qiziqtirgan turli masalalarni muhokama qildik», deydi Madaniy.

«Bundan tashqari IHTga a'o mamlakatlarning Tashqi ishlar vazirlari Kengashining navbatdagi, 2016 yilda O‘zbekiston raisligida, Toshkentda bo‘lib o‘tadigan yig‘ilishiga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish bo‘yicha vazirlik bilan bir qator iliq uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi».

«Shu o‘rinda O‘zbekiston va IHT o‘rtasidagi samarali hamkorlik rivojlanib borayotganini ta'kidlab o‘tish zarur. IHT O‘zbekistonning xaqlaro maydondagi tashabbuslarini to‘liq qo‘llab-quvvatlaydi»

«Turizm sohasidagi munosabatlarni ham muhim manfaatli masala sanaladi. O‘zbekiston noyob me'moriy va islom taraqqiyoti tarixida diqqatga sazovor bo‘lgan yodgorliklarga boy mamlakat sanaladi. Men yaqin orada mamlakatingizni turzim sanoati markazlaridan biri bo‘lishi lozim, deb hisoblayman».

«Bugungi kunda O‘zbekiston milliy va diniy bag‘rikeng, rivojlanayotgan iqtisodiyoti va barqaror siyosiy tizimiga ega davlatga aylandi. Biz kelgusida savdo aloqalari, investitsiyalarni jalb qilish, mamlakatingiz bilan o‘zaro manfaatli sanoat loyihalarini amalga oshirishni rag‘batlantirish to‘liq qo‘llab-quvvatlashimizni ma'lum qilamiz», deydi Madaniy.

Top