07:22 / 11.06.2015
2980

Internetda Jyeyms Bond haqidagi "007: "Spektr" filmining yangi treyleri paydo bo‘ldi

YouTube portalida Sem Mendes tomonidan suratga olingan Jyeyms Bond sarguzashtlari haqidagi navbatdagi "007: "Spektr" filmining yangi treyleri paydo bo‘ldi.

Ushbu 60 soniyalik videolavhada bosh qahramonning qorli tog‘dagi dushmanlari oldiga borishi, bir necha to‘qnashuv sahnalari hamda Leu Seydu ijro etgan qahramon bilan uchrashgan vaziyatni ko‘rish mumkin.

Treylerda shuningdek, portlashlar va avariyalar tasvirlangan ko‘plab kadrlar joylashtirilgan.

Filmning ilk treyleri shu yilning 28 martida chiqarilgandi.

Film Rossiya prokatiga 2015 yilning 6 noyabrida chiqariladi.

Bond sarguzashtlarining navbatdagi 24-qismida Bond o‘z o‘tmishidan xabar oladi. Bu xabar Bondning maxfiy va yovuz SPECTRE (Special Executive for Counter-intelligence, Terrorism, Revenge, and Extortion — Kontrrazvedka, qasos va tamagirlik bo‘yicha maxsus tashkilot) tashkilotiga qarshi kurashishiga turtki bo‘ladi. Ushbu tashkilot agent 007 ning “klassik” filmlarida uchraydi. Rejissyor yangi film undan oldin chiqqan “007: “Skayfoll” koordinatalari” nomli qismining to‘g‘ridan-to‘g‘ri davomi bo‘lmasligini aytdi. Filmda rollarni Deniel Kreyg, Monika Belluchchi, Reyf Fayns, Lea Seydu, Deyv Batista, Kristof Valts, Ben Uishou, Naomi Xarris, Stefani Sigman, Endryu Skott va boshqalar ijro etishgan.

Top