14:19 / 11.06.2015
2365

Kasperskiy Windows boshqa operatsion tizimlar ichida eng yaxshi himoyaga egaligini ta'kidladi

«Kasperskiy laboratoriyasi» rahbari «Kasperskiy» antiviruslari asoschisi Yevgeniy Kasperskiy Avstraliyada bo‘lib o‘tgan konferensiya davomida qurilmalar ichida Windows operatsion tizimida (va Windows Phone) ishlaydiganlari yaxshi himoyalanganini ta'kidlab o‘tdi. Bu haqda IT Wire nashri xabar tarqatdi.

«Windows — boshqa operatsion tizimlariga (iOS, OS X va Android) qaraganda eng yaxshisi. Yana Microsoft uning yangi versiyasini kuchaytirmoqda», — deya gapirib o‘tdi Kasperskiy. Shuningdek u, Mac OS X va iOS xakerlarning asosiy maqsadlari ekanini ham qo‘shimcha qilib o‘tdi.

«Dasturlovchilarga Windows uchun chiqarilgan viruslarni topish Mac dasturlovchilariga qaraganda ancha oson. Shuning uchun ko‘plab ta'magirlar iOSga hujum qiladi, uning zaif ishlangan tomonlari ko‘p», — dedi u. Kasperskiy bugungi kunda dunyodagi kiberhujumlarning 97%ini mobil qurilmalar orqali bo‘lishini ham ta'kidlab o‘tdi.

Top