08:27 / 11.06.2015
4138

Obama Belarusga qarshi sanksiyalarni 1 yilga uzaytirdi

AQSh prezidenti Barak Obama Belarusga nisbatan joriy qilingan sanksiyalar muddatini yana bir yilga uzaytirdi. Bu haqda Oq uyga asoslanib, RIA Novosti xabar qilgan.

Qayd etilishicha, Belarusga nisbatan taqiqlar 2006 yilda kiritilgandi. Bunga "mamlakatda inson huquqlari me'yorlari buzilishi" sabab sifatida ko‘rsatilgan.

Biroz oldinroq, Yevropa kengashi Belarusga nisbatan sanksiyalarini 2015 yilning 31 oktabriga qadar uzaytirgandi.

Top