10:57 / 11.06.2015
6137

O‘zbekiston U-20 avstriyaliklarni mag‘lub etish orqali JCh-2015 turnirining chorak finaliga yo‘l oldi

Yangi Zelandiyada o‘tayotgan yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatida yana bir chorak finalchi nomi ma'lum bo‘ldi.

O‘zbekiston U-20 va Avstriya U-20 terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvda Ravshan Haydarov shogirdlari g‘alaba qozonishdi.

O‘yinning 47 va 57 daqiqalarida O‘zbekiston terma jamoasining 17 raqamli futbolchisi Dostonbek Hamdamov kiritgan ikki gol jamoani chorak final bosqichiga olib chiqdi.

Endilikda, 14 iyun kuni O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi chorak finalda Senegal yoshlariga qarshi o‘yin o‘tkazadi.

U-20 JCh. 1/8 final Avstriya U-20 — O‘zbekiston U-20 — 0:2 (0:0)
Gollar: Dostonbek Hamdamov (47, 57)
Avstriya U-20: Kasali, Rosenbixler, Gugganig, Laynxart, Mixarl (Gruber, 50), Blush (Kruzer, 61), Brandner, Gshveydl (Grubek, 67), Laimer, Rasner, Grillish
O‘zbekiston U-20: Hamroyev, Ashurmatov, Abdullayev, Qosimov (Shomurodov, 69), Hamrobekov, Komilov, Sohibov, Shukurov, G‘iyosov, Hamdamov (Normurodov, 90+1), O‘rinboyev.
Ogohlantirishlar: Hamdamov (39), Leynxart (45), Grillish (92).

Top