22:03 / 11.06.2015
2837

O‘zbekistonlik fuqarolar Moskva viloyatida o‘z hamyurtlarining qotilligida gumon qilinib qo‘lga olindi

Uch nafar o‘zbekistonlik fuqaro Moskva viloyatining Ramenskoye tumanida joylashgan Sofino qishlog‘ida, mahalliy qabrinstondan yarim kilometr uzoqlikda 7 iyun kuni kechki payt 37 yoshli o‘z hamyurtlari bilan chiqqan tortishuvdan keyin uni payshaxa tiqib o‘ldirib, voqea joyining o‘ziga ko‘mib qo‘ygan. Bu haqda huquq-tartibot muassasalaridagi manbalarga iqtibos keltirgan holda “Interfaks” axborot agentligi xabar bermoqda.

Politsiyaning jinoyat qidiruv bo‘limi xodimlari jinoyatni sodir etgan barcha uch nafar jinoyatchining shaxsini aniqladi. 10 iyun kuni ular hibsga olinib, jinoyatni bo‘ynilariga olib, jasad ko‘milgan joyni ko‘rsatdi. Shu yerning o‘zida jinoyat quroli – payshaxalar ham topilgan. Qotillik bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi.

Top