19:47 / 11.06.2015
1498

O‘zil "Arsenal" kelgusi mavsumda APL chempioni bo‘lishiga ishonch bildirdi

"Arsenal" yarimhimoyachisi Mesut Ozil o‘tgan mavsum haqida fikrlarini bildirdi. Yakuniga yetagn mavsumda "Arsenal" premer-ligada 3-o‘rinni oldi va Angliya kubogini qo‘lga kiritdi.

O‘zil 22 uchrashuv o‘tkazib, 4 gol urdi va 5ta golli pas uzatdi.

"Bu mavsumda jarohatlar bizga xalaqit berdi. Ammo kelgusi mavsumda APLda g‘alaba qozonib, chempionlar ligasida uzoqroqqa bora olamiz. O‘tgan mavsum mening faoliyatimdagi eng og‘ir mavsum bo‘ldi.

Mavsumning ikkinchi qismidan ko‘nglim to‘ldi. Men hammaga qaytganimni bildirgim keldi. Angliya kubogidagi g‘alaba mavsumning omadli kelganidan darak beradi. Bu sovrin bilan faxrlanaman", - deydi O‘zil.

Top