19:41 / 11.06.2015
1881

Rupert Merdok 21st Century Fox kinostudiyasi rahbari lavozimini tark etmoqchi

Rupert Merdok 21st Century Fox kinostudiyasi rahbari lavozimini tark etmoqchi, deb xabar bermoqda CNBC telekanali. 

21st Century Fox rahbari va aksiyalar nazorat paketi egasi Rupert Merdok rahbariyatni o‘zining o‘g‘li Jyeyms qo‘liga topshirmoqchi, deb xabar bermoqda Merdok oilasiga yaqin manbalar.

84 yoshli Merdok yaqin orada bu haqda e'lon qilishi kutilmoqda. U kompaniyaning ijrochi raisi lavozimini egallashda davom etadi, uning yana bir o‘g‘li Laklan hamrais lavozimini egallaydi.

Top