16:37 / 11.06.2015
1449

Toshkent shahrida 751 ming 360 nafar voyaga yetmaganlar yashashi qayd etildi

O‘zbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasida Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari qo‘mitasining "Bola huquqlari to‘g‘risida"gi Konventsiya hamda "Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida"gi Qonunning Toshkent shahridaga ijrosi yuzasidan kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Unda qayd etilganidek, bugungi kunda Toshkent shahrida 2 mln 376 ming 700 nafar aholi istiqomat qiladi. Shundan 751 ming 360 nafarini voyaga yetmaganlar tashkil etadi.

Toshkent shahar hokimligi huzuridagi voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha shahar va tuman komissiyalari tomonidan 2011-2014 yillar davomida jami 1 ming 98 ta komissiya yig‘ilishlarida 2 ming 962 ta ishlar ko‘rib chiqilgan . Voyaga yetmaganlarni qarovsizligi va nazoratsizligi, huquqbuzarlik va jamiyatga qarshi harakatlar sodir etishiga sabab bo‘lgan holatlarni bartaraf etish uchun 132 ta taqdimnoma kiritilib, buning natijasida 174 nafar shaxslar intizomiy javobgarlikka tortilgan.


Top