14:39 / 11.06.2015
3275

Toshkentda aka ukasini himoya qilayotib do‘stini pichoqlab qo‘ydi

Toshkentning Chilonzor tumanida sodir bo‘lgan ko‘ngilsiz hodisa ikki kishining og‘ir tan jarohati olishi bilan yakunlandi. Tafsilotlarni “Ogoh” nashri keltirdi.
Boir Bahromov uyida do‘sti Dilmurod Pardayev bilan aroq ichib o‘tirganida ukasi – Botir Bahromov kelib qolgan. Aka o‘z ukasiga ham qadah tutgan. Uchovlon ikki shisha aroqni tugatib, ziyofatni ko‘chada davom ettirishga qaror qilishgan. Kafeda ularga Dilmurodning tanishi Bobur qo‘shilgan.
Yana ikki shisha aroq ichilgach, shirakayf Dilmurod Bobur bilan janjallasha boshlagan. Lekin Botir ularni ajratishga harakat qilganda, “yigitcha”ning so‘zlari Dilmurod og‘ir botgan va endilikda unga zo‘ravonlik qila boshlagan.
Botir uyga ketib qolgan. Qolgan ulfatlar ham uning ortidan yetib borishgan. Dilmurod bilan Botir o‘rtasida kelib chiqqan to‘polonda birinchisi nogahon osh pichog‘i bilan Botirning ko‘kragiga zarba bergan.
Ukasining yaralanganini ko‘rib, kayfi tarqagan Boir Dilmurodga tashlangan va osh pichog‘ini uning qorniga ikki marta sanchgan.
To‘polonni eshitgan qo‘shnilar huquq-tartibot xodimlarini chaqirishgan. Voqea joyiga yetib kelgan tartibotchilar janjalkashlarni olib ketishgan. Yaradorlar shifoxonaga yetkazilgan.
Voqea yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilib, voqea ishtirokchilariga tegishli jazo tayinlangan.

Top