17:19 / 12.06.2015
4173

“O‘zmetkombinat” bazalt tolasi ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ydi

“O‘zmetkombinat” aksiyadorlik jamiyati bazalt tolasi ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ydi. Review.uz portalining korxona investitsiyalar departamenti rahbari Narimon Umarovga tayangan holda ma'lumot berishicha, kombinat yangi texnologiyalar asosida ming tonna mahsulot ishlab chiqarishga ulgurgan.
Korxona yiliga bazalt asosidagi 10 ming tonna yoki 120 ming kubometr issiqlik ushlovchi materiallar ishlab chiqarishga mo‘ljallangan. Mahsulot qurilish sanoati korxonalari, kimyo, neft-gaz va elektr energiyasi sohalarida keng qo‘llanadi.
Aytilishicha, bu yangi uy-joy qurilishida issiqlik ushlovchi materiallarning qo‘llanishi energiya yo‘qotilishini 50 foizga kamaytirishga yordam beradi.
Xom ashyo bazasi sifatida Jizzax viloyatidagi Osmonsoy koni ishlatilmoqda. U yerdan olinayotgan bazaltlar Gruziya va Ukrainada chiqadigan mahsulotlardan sifat jihatdan qolishmaydi.

Top