20:05 / 12.06.2015
2992

Angliya 2022 yilgi jahon chempionatini qabul qilishga tayyorligini ma'lum qildi

Buyuk Britaniyaning madaniyat, OAV va sport ishlari bo‘yicha yangi bosh kotibi Jon Uittingdeyl Buyuk Britaniya parlamentining quyi palatasi yig‘ilishidagi nutqi davomida agar Qatar 2022 yilgi jahon chempionatini o‘tkazish huquqidan mahrum etilsa, ushbu chempionatni Angliya o‘tkazishga tayyorligini ma'lum qildi. Bu haqda BBC telekanali xabar bermoqda. 

Ayni paytda Shveytsariya bosh prokuraturasi 2018 va 2022 yillardagi jahon chempionati mezbonlarini tanlashda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani holatini tergov qilmoqda. Angliya 2018 yilgi jahon chempionatini o‘tkazish uchun da'vogarlik qilgan edi, biroq bu huquqni Rossiyaga boy bergan. Avvalroq Angliya Futbol uyushmasi ijrochi direktori Martin Glenn Angliya 2018 va 2022 yillardagi jahon chempionatlarini o‘tkazishga da'vogarlik qilish niyatida emasligini ma'lum qilgandi.

FIFA auditi jahon chempionati mezbonlarini tanlash saylovlarida qoidabuzarlik holatini aniqlamadi.

2022 yilgi jahon chempionati Qatarda yozgi payt juda issiq kelishi sababli ilk bor tarixda iyun-iyul oylarida emas, balki noyabr-dekabrda o‘tkazilishi belgilangan edi.

Top