00:28 / 12.06.2015
2185

Germanwings aviakompaniyasi shifokorlik siri sababli Lubitsdagi ruhiy buzilishlardan bexabar bo‘lgan

Germanwings aviakompaniyasiga tegishli A320 samolyotining falokatga uchrashi harbiy sirni oshkor qilmaslik sohasidagi Germaniya qonunchiligi sabab ro‘y bergan bo‘lishi mumkin, deb xabar bermoqda Associated Press axborot agentligi.

Marsel prokurori Bris Robenning aytishicha, samolyotni falokatga uchratgan ikkinchi uchuvchi Andreas Lubits ruhshunoslar nazoratida bo‘lgan. Ba'zi mutaxassislarning fikricha, uchuvchining ruhiy holati uni parvozlarga qo‘ymaslikni taqozo etgan, biroq “bu haqdagi ma'lumot shifokorlik siri talablari sababli ma'lum qilinmagan”.

Germaniya qonunchiligida bemorlar haqidagi ma'lumotni oshkor qilganlik uchun qamoq jzosi ko‘zda tutilgan. Xatti-harakatlari jiddiy jinoyatga yoki o‘z-o‘ziga ziyon yetkazishga qaratilgan bemorlargagina bu qonun amal qilmaydi.

Avvalroq Lubits ruhiyatidagi buzilishlar sababli o‘nlab shifokorlarga murojaat qilgani ma'lum qilingandi.

Top