17:50 / 12.06.2015
2415

Hindistonda to‘y avtobusi ustiga elektr uzatish simi tushib ketdi

Hindistonning Rajastxan shtatida to‘y mehmonlarini bayramga olib ketayotgan avtobus ustiga yuqori kuchlanishli elektr uzatish simi tushib ketdi. Bu haqda NDTV kanali xabar berdi.
Reportajda aytilishicha, voqea joyida 25 kishi halok bo‘lgan. Ayni paytda voqea joyida politsiya va qutqaruv xizmati xodimlari ishlamoqda.

Top