18:57 / 12.06.2015
1794

Kiyev yaqinidagi neft omboridagi yong‘in keltirgan zarar miqdori 48 mln dollarni tashkil qildi

Ukraina IIV ma'lumotlariga ko‘ra, Kiyev viloyatining Vasilevskiy tumanidagi yong‘in keltirgan zarar 48 mln dollarga teng bo‘ldi. Bu haqda IIV rahbari Arsen Avakovga asoslanib, TASS nashri xabar bergan.

Ukraina Xavfsizlik xizmati boshlig‘i Valentina Nalivaychenkoning so‘zlariga ko‘ra, neft bazasi rahbari jinoiy javobgarlikka tortiladi.

Uning qo‘shimcha qilishicha, rahbar fojia qurbonlari uchun ham tovon puli to‘lashi kerak bo‘ladi.

Top