07:40 / 12.06.2015
2862

Klichko-Fyuri jangi "Chelsi"ning uy o‘yingohida bo‘lib o‘tishi mumkin

Ukrainalik bokschi, o‘ta og‘ir vazn toifasidagi mutlaq jahon chempioni Vladimir Klichkoning keyingi majburiy raqibi britaniyalik Tayson Fyuri bo‘lishi kerak. Fyuri WBO talqini bo‘yicha majburiy da'vogar hisoblanadi.

Roman Abramovichning “Chelsi” futbol klubi rahbariyati Tayson Fyuri vakillari bilan jang klubning uy maydoni “Stemford Arena”da bo‘lib o‘tishi bo‘yicha muzokaralar o‘tkazdi. Buning amalga oshishiga faqat 2015/16 yillardagi Angliya chempionati taqvimi xalaqit qilishi mumkin. Bu taqvim bir necha kundan keyin ma'lum qilinadi. Shunday hol ro‘y berishi mumkinki, o‘yinlardan biri boks jangi bo‘lib o‘tadigan kunga belgilanishi mumkin.

Fyurining o‘zi ham jang Buyuk Britaniyada bo‘lib o‘tishini talab qilmoqda.

Top