20:40 / 12.06.2015
1777

"Liverpul" o‘z tarkibiga vengriyalik darvozabonni qo‘shib oldi

Vengriya terma jamoasining darvozabonlaridan biri bo‘lmish Adam Bogdan keyingi mavsumdan "Liverpul" jamoasi safida ishtirok etadi. Bu haqda mersisaydliklar saytida xabar berilgan.

Xabarda yozilishicha, 27 yoshli bu darvozabon erkin agent sifatida "Bolton"dan ""Liverpul"ga kelib qo‘shilgan. U bilan 1 iyulda shartnoma imzolanadi.

Qayd etish joizki, Bogdan "Bolton" safida 2007 yildan buyon 120 o‘yinda ishtirok etgan. Uning Vengriya terma jamoasi safida o‘tkazgan o‘yinlari esa 19tani tashkil qiladi.

Top