16:11 / 12.06.2015
1895

Namanganlik bir guruh yoshlar noqonuniy sigareta o‘tkazayotgan paytda qo‘lga olindi

Namangan shahrida istiqomat qiluvchi Xayrulla Egamberdiyev va uning uychilik sheriklari Karimjon Botirqulov, Umidjon Abdullayev, Davronboy Davlatovlar qo‘shni Qirg‘izistondan noqonuniy ravishda tamaki mahsulotlari olib kirishga harakat qilayotgan chog‘da chegarachilar tomonidan qo‘lga olindi.

Namangan shahar prokurori katta yordamchisi G‘ayratjon Bobojonov bergan ma'lumotlarga qaraganda, tilga olingan shaxslar ishsiz bo‘lib, “tirikchilik” uchun chetdan sigareta olib kirishga qaror qilishgan.
Dastlab ular Uychi tumanining Qirg‘iziston chegarasidagi Rovot shaharchasi yaqinida Qirg‘iziston fuqarosidan 1 mln 80 ming so‘mlik tamaki mahsulotlari qabul qilib olib, buning evaziga unga 540 ming so‘m berishgan.

Ikkinchi safar esa ular kechki payt 30ta qog‘oz o‘ramdagi sigaretani olib o‘tayotgan paytda huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan qo‘lga olingan.

Top