Olma-ota shahridagi kollejlardan birida boshlang‘ich harbiy tayyorgarlik darsi paytida granata portlab ketgani uchun ushbu fan o‘qituvchisi 2 yilga qamoq jazosiga tortildi, deb xabar bermoqda “Interfaks” axborot agentligi.
2014 yilning noyabrida yuz bergan ushbu mudhish voqea oqibatida bir kishi halok bo‘lgan, bir necha kishi yaralangan.
Portlash yuzasidan ikkita jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.