17:21 / 12.06.2015
2963

Tojikistonda safarbarlik chaqiruvidagi harbiy xizmatchi o‘ldirib ketildi

Tojikiston harbiy prokuraturasi safarbarlik chaqiruv xizmatidagi oddiy askar Firdavs Rahmatovni o‘ldirishda ayblanayotgan 3 kishini hibsga oldi. Bu haqda So‘g‘d garnizoni prokurori Abduqodir Nurovga tayangan holda Interfaks agentligi xabar bermoqda.

Dastlab Rahmatovning o‘limi sud tibbiyot ekspertizasi mutaxassislari tomonidan baxtsiz hodisa deb hisoblangan edi, ammo marhumning otasi tanani yorib ko‘rishni talab qilganidan so‘ng prokuratura qotillik yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atdi. Ish yuzasidan serjantlar Rabboniy Sulaymonov va Komron Rahimov, shuningdek, oddiy askar Ayyom Nazarov.
Rahmatov bor-yo‘g‘i bir oylik safarbarlik chaqiruv xizmatiga jalb qilingan edi. Uni o‘ldirganlar xizmat lavozimini suiiste'mol qilish va harbiy xizmatchilar o‘rtasidagi munosabatlar ustavi qoidalarini buzishda ayblanmoqda.

Tergovning aniqlashicha, 7 iyun kuni gumondorlar Rahmatovni hojatxonada kaltaklashgan. Ko‘krak va bo‘yinga berilgan zarbalar natijasida askarning tili orqaga tortib ketgan, uning nafas yo‘llari yopilib, 10 daqiqadan so‘ng joni uzilgan.
Joriy yilda Tojikiston armiyasida beshinchi marta o‘lim holati kuzatilmoqda.

Top