20:50 / 12.06.2015
2467

Ukraina xavfsizlik xizmatining korrupsiyaga qarshi kurashish bosh boshqarmasining barcha rahbarlari ishdan bo‘shatildi

Ukraina xavfsizlik xizmati rahbari Valentin Nalivaychenko Ukraina xavfsizlik xizmati markaziy boshqarmasining korrupsiya va uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish bosh boshqarmasining barcha rahbariyati ishdan bo‘shatilganini ma'lum qildi.

“Men bugun Ukraina xavfsizlik xizmatining korrupsiyaga qarshi kurashish bosh boshqarmasi archa rahbarlarining ishdan bo‘shatilishi haqida farmonga imzo chekdim va ularning barchasi o‘z lavozimidan bo‘shatildi. Javob berish vaqti keldi”, deb aytdi Nalivaychenko korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari bo‘yicha o‘tkazilgan davra suhbati davomida.

Nalivaychenko UXXning Roven viloyati boshqarmasi rahbariyati ham korrupsiya uchun ishdan bo‘shatilishini ma'lum qildi.

Top