10:09 / 12.06.2015
2667

"Yuventus" yozgi transferlar vaqtida Oskarni xarid qilmoqchi

"Chelsi" klubining braziliyalik yarim himoyachisi Oskarga Turinning "Yuventus" klubi qiziqish bildirmoqda. Bu haqda Tuttosport xabar qilgan.

Turinliklar bosh murabbiyi Massimiliano Allegri klub rahbariyati bilan o‘tkazgan muzokaralardan so‘ng Oskar uning yozgi transferlar bozori vaqtida asosiy nishoni ekani ma'lum bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, "Chelsi" 2012 yilda uni "Internasonal"dan 25 million funtga sotib olgan edi.

Oskar yakuniga yetgan mavsumda "Chelsi" uchun 41ta o‘yinda maydonga tushgan va 7ta gol urgan.

Top