17:10 / 12.06.2015
1590

"Zenit" Manjukich uchun 28 mln yevro taklif qilmoqda

La Gazzetta dello Sport nashri jurnalisti Karlo Laudiza "Zenit" tomonidan "Atletiko"ning xorvatiyalik hujumchisi Mario Manjukichga qiziqish bildirilayotgani haqida ma'lum qildi.

"Zenit" Manjukich uchun "Atletiko"ga 28 mln yevrolik taklif berdi. Bu taklif boshqalarniki orasida eng yaxshisi", deb yozadi Laudiza o‘z tvitterida.

Ma'lumot uchun, ayni vaqtda Manjukichga "Monako", "Volfsburg" va "Manchester Yunayted" kabi jamoalardan takliflar mavjud.

Top