23:44 / 13.06.2015
2426

103 yoshli britaniyalik o‘zining 91 yoshli sevgilisiga uylandi

Buyuk Britaniyada 103 yoshli Jorj Kirbi va 91 yoshli Dorin Laki turmush qurdilar va dunyodagi eng keksa kelin-kuyovlarga aylandilar, deb xabar bermoqda Vesti.ru.

Jorj va Dorin fransiyalik juftlikning rekordini yangiladilar, fransiyalik juftlik turmush qurishidan oldin ikkilari uchun birgalikda 191 yil hayot kechirgan edilar. Britaniyalik juftlikning yoshi yig‘indisi 194 yilni – fransiyalik juftliknikidan 3 yil ko‘proqni tashkil qildi.

Juftlik 1988 yildan beri birga yashab kelgan, biroq endigina o‘z munosabatlarini qonuniylashtirishga qaror qildi. “Bizlar avval nikoh qurish haqida o‘ylamasdik ham, biroq oqibatda turmush qurishga qaror qildik”, deb aytmoqda kelin.

Britaniya OAVlarining ma'lumotlariga ko‘ra, Kirbi o‘zining sevgilisiga shu yili, avliyo Valentin kunida turmushga chiqishni taklif qilgan va uning aytishicha, u buni “qayta turolmasligidan cho‘chib” bir tizzaga cho‘kkalamagan holda qilishga qaror qilgan.

Top