23:50 / 13.06.2015
2946

Air India aviakompaniyasi reysida yo‘lovchiga tirik kaltakesak “tortiq qilindi”

Dehlidan Londonga uchib ketayotgan Air India aviakompaniyasi reysida yo‘lovchi o‘zining taom solingan idishida tirik kaltakesakni ko‘rib qoldi, deb xabar bermoqda VVS Rus xizmati.

Ijtimoiy tarmoqlar bo‘ylab bulochka solingan sellofan paketda kichkina sudralib yuruvchi o‘rmalab yurgani aks etgan surat tarqab ketdi. Hindiston mediaresurslarining ta'kidlashicha, yo‘lovchi kaltakesakni ko‘rib qo‘rquvdan baqirishga tushgan.

Aviakompaniya esa taomda kaltakesak bo‘lganini inkor etmoqda hamda bunday shikoyatlar qayd etilmaganini ta'kidlamoqda.

Biroq Fuqarolik aviatsiyasi vazirligi kaltakesak haqidagi axborotni jiddiy qabul qildi.

Top