12:54 / 13.06.2015
1761

BlackBerry kompaniyasi Android smartfon ishlab chiqarishi mumkin

Kanadaning BlackBerry kompaniyasi Android platformasida ishlovchi smartfon yaratishni rejalashtirmoqda, deb xarab bermoqda Reuters.

Kompaniya shu vaqtga qadar Android  va iOS’ga raqobatchi sifatida o‘zining BlackBerry 10 platformasida ishlaydigan smartfonlarini taqdim etayotgan edi. Hozirda kompaniya butunlay Android platformasidagi smartfonlar e'tiborini qaratishi yoki o‘z operatsion tizimidagi smartfonlarini ishlab chiqarishni ham davom ettirishi haqida ma'lum qilinmagan.

Ma'lumot uchun, kompaniyaning smartfonlar bozoridagi ulushi 1 foizdan kamroqni tashkil etadi. 

Top