13:35 / 13.06.2015
3741

Britaniyalik maktab o‘quvchisi Yupiter hajmidagi sayyorani kashf qildi

Britaniyalik 15 yoshli maktab o‘quvchisi fanga noma'lum bo‘lgan yangi sayyorani aniqladi.

Angliyadagi maktablardan birida o‘qiydigan Tom Vagg  astronom olimlarga noma'lum bo‘lgan sayyorani topdi. Bu kashfiyotni u Kils institutidagi malaka oshirish jarayonida amalga oshirdi.

Yulduzlardan birini kuzatish vaqtida noma'lum qora dog‘ Tom Vaggning e'tiborini tortadi. Batafsil tahlil o‘tkazilgach, ushbu sayyoraning hech bir astronomik xaritada yo‘qligi ma'lum bo‘ldi.

Tom tomonidan kashf etilgan sayyoraning Yerdan 1000 yorug‘lik yili uzoqlikda joylashgani, uni to‘liq o‘rganishga to‘sqinlik qilmoqda. Bor ma'lumotlar olimlar tomonidan o‘rganib chiqilib, sayyoraning taxminiy hajmi Yupiter sayyorasiga teng ekani ma'lum bo‘ldi. Hozirda vaqtinchilik unga “WASP-142b” deb nom berilgan.

Top