17:15 / 13.06.2015
1649

Namangan shahridagi “Fyuchers” turnirining erkaklar o‘rtasidagi bahslarida Temur Ismoilov g‘olib bo‘ldi

Namangan shahrida tennis bo‘yicha sovrin jamg‘armasi 15 ming AQSh dollaridan iborat “Fyuchers” turniri yakunlandi. Ayollar o‘rtasidagi musobaqada bo‘lgani kabi ushbu turnirda ham bosh mukofot o‘zbekistonlik tennischiga nasib etdi.

Turnirning yettinchi raqamli tennischisi sifatida harakat qilgan Temur Ismoilov finalda xitoylik Chuchan Vongdan 6:1, 7:5 hisobida ustun keldi.

Ta'kidlash joiz, Vong yarim finalda musobaqaning birinchi raketkasi ukrainalik Denis Molchanovni 6:2, 6:4 hisobida mag‘lubiyatga uchratgandi. 

Top