20:16 / 13.06.2015
3867

Sankt-Peterburgda o‘zbekistonlik ishchining boshiga konteyner qulab tushdi

Sankt-Peterburg shahrining Toshkent ko‘chasidagi qurilish firmasi xodimlaridan birining ustiga  konteyner qulab tushgan. Bu hodisa qurilish maydonida yuz bergan.

Ma'lum qilinishicha, 24 yoshli jabrlanuvchi O‘zbekiston fuqarosi bo‘lib, u ko‘p va og‘ir jarohatlar bilan shifoxonaga yetkazilgan.

Shifokorlar uning ahvoli juda og‘irligini aytishmoqda.

"Konkretno.ru" nashrida yozilishicha, konteyner ishchining boshiga tushgan. Ayni vaqtda politsiya hodisa sabablarini o‘rganmoqda.

Top