00:52 / 14.06.2015
2840

”Astana EKSPO-2017” kompaniyasining sobiq rahbari hibsga olindi

”Astana EKSPO-2017” kompaniyasida byudjyet mablag‘laridan foydalanishni va qurilishga jalb qilingan investorlarning pullarini tekshirish bo‘yicha katta miqyosdagi tekshiruv boshlandi.

Ostona shahri Olma-ota tumanining 2-sonli tuman sudi qarori bilan “Astana EKSPO-2017” milliy kompaniyasi boshqaruvining sobiq raisi Talgat Yermegiyayev 2 oy muddatga uy qamog‘iga joylashtirildi, deb xabar bermoqda KazTAG.

Avvalroq xabar berilganidek, Ostonada “Astana Ekspo – 2017” kompaniyasining qurilish departamentining sobiq direktori Xojimurod Usenov qo‘lga olinib, uy qamog‘iga joylashtirilgan edi. Keyinroq Qozog‘iston prezidentining buyrug‘i bilan kompaniya boshqaruv raisi Talgat Yermegiyayev o‘z lavozimidan ozod etilgan.

Bundan tashqari, kompaniyada byudjyet mablag‘larindan foydalanish, qurilishga jalb qilingan investorlar pullari, jumladan, tenderlarni tashkil qilish tartibotlariga rioya qilish, u yoki bu ishlarni bajarish uchun ruxsatnomaning mavjudligi, texnik spetsifikatsiyaga mos kelish, malakali xodimlarning mavjudligi, qo‘llangan materiallar narxi va xizmatlar to‘lovini katta miqyosda tekshirish boshlangan.

Top