00:09 / 14.06.2015
2572

AerCap kompaniyasi 11 mlrd dollarga 100 dona Boeing 737 MAX samolyotini sotib olmoqchi

Gollandiyaning AerCap avializing kompaniyasi 100 dona Boeing 737 MAX samolyotini sotib olmoqchi. Bitim summasi ushbu tipdagi samolyotlarning katalog bo‘yicha narxiga asoslanib 11 mlrd dollarga baholanmoqda. Bu haqda muzokaralardan xabardor bo‘lgan ikkita manbaga iqtibos keltirgan holda “Reuters” axborot agentligi xabar bermoqda.

Shartnomaning imzolanishi keyingi haftada Fransiyaning Le Burjye shahrida o‘tkaziladigan xalqaro aviasalonda bo‘lib o‘tishi kutilmoqda.

Ikki kompaniya rasmiy vakillari bu axborotga izoh berishdan bosh tortishdi. Avvalroq AQShning Delta Air Lines aviakompaniyasi 40 ta Boeing 737-900 samolyoti sotib olishi, kelishuv miqdori 4 mlrd dollarni tashkil qilishi ma'lum qilingandi.

Top