11:52 / 14.06.2015
2232

De Xea “Real”ga o‘tish evaziga “Manchester Yunayted”ning shartnomani uzaytirish bo‘yicha bildirgan ikkita taklifini rad etdi

“Manchester Yunayted” darvozaboni David De Xea Madridning “Real” jamoasiga o‘tish evaziga o‘z jamoasining u bilan shartnomani uzaytirish bo‘yicha bildirgan ikkita taklifini rad etdi.

Qayd etilishicha, o‘yinchi unga ispan klubi bildirgan taklifni qo‘ldan chiqarishni istamayapti. “Real” De Xeaga yillik 5,5 mln yevro maosh bilan 6 yillik shartnoma taklif qildi.

De Xea 2011 yilda “MYu”ga “Atletiko” safidan o‘tgan edi. U shu paytgacha jamoa safida 131 ta o‘yin o‘tkazib, 2012/13 yillarda Angliya chempioni bo‘lgan.

Top