09:28 / 14.06.2015
2912

Yevro-2016. Saralash o‘yinlari natijalari: Germaniya Gibraltarni tor-mor etdi, Daniya Serbiyani mag‘lub etdi

D guruhi

Futbol bo‘yicha Yevro-2016 saralash bosqichining D guruhidan joy olgan Germaniya terma jamoasi 6-turda guruhdoshi Gibraltar termasi maydonida raqibi ustidan 0:7 hisobida yirik g‘alabaga erishdi. Uchrashuvda Andre Shyurrle o‘z hisobiga xet-trik, Maks Kruze dubl, Ilkay Gyundogan va Karim Bellarabi bittadan to‘p yozib qo‘yishdi.

Gibraltar – Germaniya – 0:7 (0:1)

D guruhining qolgan o‘yinlari quyidagicha yakunlandi:

Irlandiya - Shotlandiya - 1:1 (1:0)
Gollar: Uolters 38 (1:0). O'Shi 47 (1:1 - avtogol).

Polsha - Gruziya - 4:0 (0:0)
Gollar: Milik 62 (1:0). Levandovski 89 (2:0). Levandovski 90 (3:0). Levandovski 90 (4:0).

6-turdan keyin D guruhidagi musobaqa jadvali quyidagicha ko‘rinish oldi: 1. Polsha – 14 ochko; 2. Germaniya – 13; 3. Shotlandiya – 11; 4. Irlandiya – 9; 5. Gruziya – 3; 6. Gibraltar – 0.

I guruhi

I guruhi vakillari Daniya va Serbiya o‘rtasidagi uchrashuv daniyaliklarning 2:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. Daniyaliklar safida Yussuf Poulsen va Yakob Poulsenlar o‘z hisoblariga to‘plar yozib qo‘yishdi.

Daniya – Serbiya – 2:0 (1:0).

I guruhining qolgan o‘yinlari quyidagicha yakunlandi:

Armaniston- Portugaliya - 2:3 (1:1)
Gollar: Pitstselli 15 (1:0). Ronaldu 29 (1:1 - pen.). Ronaldu 55 (1:2). Ronaldu 58 (1:3). Mkoyan 72 (2:3).

5-turdan keyin I guruhidagi musobaqa jadvali quyidagicha ko‘rinish oldi: 1. Portugaliya – 12 ochko; 2. Daniya – 10; 3. Albaniya – 7 (bitta o‘yin zaxirada); 4. Serbiya – 1; 5. Armaniston – 1.


F guruhi

Vengriya terma jamoasi Xelsinkida Finlyandiyani minimal hisobda mag‘lub etib, o‘z guruhining uch yetakchisi orasidagi o‘rnini mustahkamlab oldi. O‘yindagi yagona to‘pni vengriyaliklar yarimhimoyachisi Zoltan Shtiber kiritdi.

Finlyandiya – Vengriya 0:1
Gol: Shtiber, 82

F guruhining qolgan o‘yinlari quyidagicha yakunlandi:

Shimoliy Irlandiya - Ruminiya - 0:0

Farer orollari - Gretsiya - 2:1 (1:0)
Gollar: Xansson 32 (1:0). Olsen B. 70 (2:0). Papastatopulos 84 (2:1).

6-turdan keyin F guruhidagi musobaqa jadvali quyidagicha ko‘rinish oldi: 1. Ruminiya – 14 ochko; 2. Shimoliy Irlandiya – 13; 3. Vengriya – 11; 4. Farer orollari – 6; 5. Finlyandiya – 4; 6. Gretsiya – 2.

Top