09:52 / 14.06.2015
2400

Iroqda sodir etilgan portlashlar oqibatida 11 kishi halok bo‘ldi

Iroqning Bayji shahrida bir qator teraktlar sodir etildi, deb xabar bermoqda RIA “Novosti” axborot agentligi.

Iroq politsiyasining xabar berishicha, shaharda uchta avtomobil portlatib yuborildi, bitta bombani zararsizlantirishga muvaffaq bo‘lindi.

Portlashlar oqibatida 7 nafar Iroq harbiysi va IShIDga qarshi kurashayotgan 4 nafar ko‘ngilli askar halok bo‘ldi.

IShID ushbu terrorchilik hujumlari uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga oldi. IShIDning ma'lum qilishicha, ushbu hujumlarni xorijiy, jumladan britaniyalik va germaniyalik jangarilar amalga oshirgan.

Top