16:12 / 14.06.2015
2067

Kopa Amerika – 2015. Argentina – Paragvay 2:2

Chilida bo‘lib o‘tayotgan Amerika kubogida V guruhidan o‘rin olgan Argentina va Paragvay o‘rtasidagi uchrashuv 2:2 hisobida durang natija bilan yakunlandi.
Ushbu musobaqaning bosh favoriti hisoblangan Argentina birinchi o‘yindayoq buni isbotlashga tushib ketdi. Argentina 29 va 36-daqiqalarda Agueroning o‘yindan va Messining penaltidan urgan goli evaziga uncha jon koyitmagan holda oldinga chiqib olishga muvaffaq bo‘ldilar. Argentinaliklar bundan keyin ham ko‘p imkoniyatlarga ega bo‘ldilar, biroq raqibni tor-mor etmaslikka qaror qildilar va oxir-oqibatda ikki ochko yo‘qotdilar.
Paragvay deyarli yutqazilgan o‘yinni Nelson Valdesning 60-daqiqadagi va Lukas Barriosning 90-daqiqadagi gollari evaziga saqlab qolishga muvaffaq bo‘ldi.
14 iyunda, shuningdek, S guruhi vakillari Kolumbiya va Venesuela ham bir-birlariga qarshi uchrashuvda musobaqadagi o‘z ishtiroklarini boshlashadi.
Kolumbiya – Venesuela
14 iyun, 22.00, “Estadio El Teniente”
15 iyun kuni bu guruhdan o‘rin olgan yana ikki jamoa – Braziliya va Peru o‘zaro to‘qnashadilar.
Braziliya – Peru
15 iyunya, 00.30, “Estadio Municipal Bicentenario Germin Becker”

Top