Futbol bo‘yicha Amerika kubogining amaldagi chempioni Urugvay terma jamoasi Amerika kubogidagi ishtirokini Yamayka ustidan minimal – 1:0 hisobidagi g‘alaba bilan boshladi. Uchrashuvdagi yagona to‘pni o‘yinning 2-taymida urugvayliklar yarimhimoyachisi Kristian Rodriges kiritdi.
Bu guruhdagi boshqa o‘yinda Argentina va Paragvay terma jamoalari uchrashadi.
Amerika kubogi. B guruhi. 1-tur
Urugvay – Yamayka – 1:0
Gollar: Kristian Rodriges, 52.