16:05 / 14.06.2015
5499

Yoshlarimiz g‘alabalari hali oldinda

Yangi Zelandiyada bo‘lib o‘tayotgan futbol bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi Jahon chempionatida O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi nimchorak finali bahsida Senegal yoshlariga imkoniyatni boy berishganiga qaramasdan, ular bu bosqichgacha yetib kelgan Osiyo davlatlari ichida yagona vakil bo‘lganining o‘zi katta muvaffaqiyatdir. Albatta, yoshlarimizdan kelajakda umidlarimiz katta va ularda bizning ishonchimizni oqlashga yana ko‘plab imkoniyatlar bo‘ladi.
Asosiysi bolalarda futbolga ishtiyoq, katta salohiyat, yuqori marralarga intilish yaqqol sezilib turibdi. Ular ana shunday musobaqalarda toblanib, ertangi kunda O‘zbekiston futboli nufuzini bundan yuqori cho‘qqilarga olib chiqishsa ajab emas.
Biz yoshlarimizga kelgusi faoliyatlarida omadlar va ulkan g‘alabalar tilab qolamiz!

Top