06:49 / 15.06.2015
1784

Apple kompaniyasi sentabrda iPod Touch musiqa pleyerining yangi avlod vakilini namoyish qilishi kutilmoqda

Apple kompaniyasi kuzda iPod Touch musiqa pleyeri yangi avlodi vakili iPod Touch 6G ni namoyish qilishi mumkin. Bu haqda Master Herald portali xabar bermoqda.

Yangi qurilmaning chiqarilishi haqida gaplar birinchi marta butunjahon ishlab chiqaruvchilar anjumani WWDC`da paydo bo‘lgan edi. Nashrning ta'kidlashicha, ehtimol qurilma 1 Gb tezkor xotira va 128 Gb li MicroSD kartasini ishlatish imkoniyati mavjud bo‘lgan 5-avlod iPod Touch`ning iPhone bilan qorishmasi bo‘ladi.

Bundan tashqari, iPod Touch`ning yangi modeli o‘zidan oldin chiqarilgan qurilmalardan ingichkaroq bo‘lishi kerak. Ekspertlarning fikricha, yangi avlod pleyerlari iPhone 6S smartfoni bilan birgalikda namoyish etiladi.

Top