12:15 / 15.06.2015
6889

Britaniya matbuotida AQSh armiyasining beshta zaif joyi aytildi

"AQSh armiyasi o‘zining ustunligini yo‘qotmoqda. Xitoy va Rossiya o‘zining qurolli kuchlarini aqlbovar qilmas tezlikda yangilamoqda. Rossiya endilikda AQSh tizimlariga o‘xshash tizimlarni bemalol yoya oladi", deb yozmoqda Economist nashri.

Nashrdagi maqolada aytilishicha, AQSh qaytadan qurollanish poygasiga kirishiga to‘g‘ri keladi va o‘zining ustunligini boy bermaslik uchun texnologiyalarda ulkan siljish amalga oshirishi kerak.

Nashrning fikricha, AQSh armiyasida beshta zaif joy paydo bo‘lgan: himoyalanmagan razvedka yo‘ldoshlari, havo hujumiga qarshi mudofaa vositalari uchun zaif bo‘lib qolgan aviatsiya, mintaqaviy aviabazalar, qo‘qqisdan hujum uyushtirilishidan himoyalanmagan harbiy-dengiz floti kemalari hamda AQSh samolyotlari tomonidan mobil raketa qurilmalarining qiyinlik bilan aniqlanishi.

Top