07:39 / 15.06.2015
2665

Yevro-2016 saralashida Rossiya Avstriyaga yutqazib, guruhdan chiqish imkoniyatlarini keskin pasaytirdi

14 iyun kuni Yevro-2016 musobaqasining saralash bosqichida 6 tur o‘yinlari davom ettirildi.

"Ye" guruhida yetakchilik qilayotgan Angliya safarda Sloveniyani 3:2 hisobida taslim etdi. Inglizlar safida Uilsher dubl qayd etdi, Runi o‘z hisobiga bitta gol yozib qo‘ydi. Bu natijadan keyin Angliya hisobida 6 o‘yindan 18 ochko jamg‘arilgan, ikkinchi o‘rindagi Shveytsariya esa 12 ochko to‘plagan.

"S" guruhi vakili Ispaniya David Silvaning o‘yinning 45-daqiqasida urgan yagona goli evaziga Belarusni mag‘lubiyatga uchratdi. "Qizil furiyalar" 6 turdan keyin 15 ochko bilan guruhda ikkinchi bo‘lib turishibdi. Guruh peshqadami Slovakiya 6-turda Makedoniyani 2:1 hisobida yengib, 100 foizlik ko‘rsatkichini saqlab qoldi.

"G" guruhidagi hal qiluvchi uchrashuvda, Rossiya o‘z maydonida Avstriyaga yutqazib qo‘ydi. O‘yinning 33-daqiqasida Yanko tomonidan urilgan gol yakunda mehmonlarga g‘alaba taqdim etdi. Endilikda, guruhda Avstriya 16 ochko bilan birinchi o‘rinda joylashgan, rossiyaliklar esa 18 imkoniyatda 8 ochko ishlagan holda guruhning uchinchi o‘rnida qolishmoqda. Guruhda ikkinchi o‘rinni band etgan Shvetsiyaning ochkolari 12taga yetgan. Chernogoriya bilan bahsda Ibrohimovich ikkita gol urib, Shvetsiyaning 3:1 hisobidagi g‘alabasini ta'minladi.

Yevro-2016 saralashi. 6-tur

"S" guruhi

Ukraina – Lyuksemburg 3:0 (0:0, 3:0)
Gollar: 1:0 – 49 Kravets, 2:0 – 57 Garmash, 3:0 – 87 Konoplyanka.
Ukraina – Pyatov, Rakitskiy (Kucher, 77), Xacheridi, Shevchuk, Morozyuk, Stepanenko, Rotan (Garmash, 46), Konoplyanka, Sidorchuk, Yarmolenko, Kravets (Seleznev, 71).
Lyuksemburg – Juber, Much, Shano, Maljye, Shnel, Xolter (Filipps, 77), Payyal, Jyerson, Yans, Turpel (Bensi, 52), Da Mota (Devill, 69).
Ogohantirishlar: Da Mota (18), Much (47), Bensi (63), Payyal (83).

Belarus – Ispaniya 0:1 (0:1, 0:0)
Gol: 0:1 – 45 Silva.
Belarus – Gorbunov, Bordachev, Shitov, Filipenko, Volodko (Stasevich, 81), Kislyak (Dragun, 78), Mayevskiy, Martynovich, Nexaychik, Gleb (Putilo, 89), Kornilenko.
Ispaniya – Kasilyas, Xuanfran, Ramos, Pike, Alba, Pedro (Vitolo, 64), Buskets, Kasorla, Fabregas (Isko, 75), Silva (Bernat, 85), Morata.
Ogohantirishlar: Bordachev (7), Nexaychik (21), Morata (54), Pedro (59), Silva (85).

Slovakiya – Makedoniya 2:1 (2:0, 0:1)
Gollar: 1:0 – 8 Salata, 2:0 – 38 Gamshik, 2:1 – 69 Ademi.
Slovakiya – Kozachik, Salata, Gubochan, Shkrtel, Pekarik, Mak, Gamshik (Duda, 80), Pechovski, Kutska (Groshovski, 73), Vayss, Nemets (Goloshko, 85).
Makedoniya – Pachovski, Moysov, Dimitrovski, Todorovski, Traychevski, Xasani, Zuta, Ademi, Muarem (Velkoski, 82), Ibraimi (Abduraximi, 89), Traykovski (Ivanovski, 56).
Ogohantirishlar: Xasani (23), Kutska (26), Shkrtel (28), Vayss (86).
Chetlatish: Xasani (84).

"Ye" guruhi

Sloveniya – Angliya 2:3 (1:0, 1:3)
Gollar: 1:0 – 37 Novakovich, 1:1 – 57 Uilsher, 1:2 – 73 Uilsher, 2:2 – 84 Pechnik, 2:3 – 86 Runi.
Sloveniya – Xandanovich, Brechko, Ilich, Tsesar, Yokich, Kurtich (Lazarevich, 79), Mertel, Kampl, Ilichich (Birsa, 61), Kirm (Pechnik, 72), Novakovich.
Angliya – Xart, Jons (Lallana, 46), Keyxill, Smolling, Gibbs, Xenderson, Taunsend (Uolkott, 74), Uilsher, Delf (Klayn, 85), Sterling, Runi.
Ogohantirishlar: Brechko (57), Kampl (90).

Estoniya – San-Marino 2:0 (1:0, 1:0)
Gollar: 1:0 – 35 Zenev, 2:0 – 63 Zenev.
Estoniya – Aksalu, Klavan, Mets, Kallaste, Teniste, Lindpere (Kruglov, 84), Dmitriyev, Vasilev (Antonov, 79), Zenev (Teever, 88), Alliku, Pure.
San-Marino – Simonchini, Palatstsi, Brolli, Della Valle, Bonini, Tozi (Chervellini, 71), Gasperoni, Battistini, Vitayoli (Byanki, 90), Xirsh, Rinaldi (Stefanelli, 79).
Ogohantirishlar: Battistini (58).

Litva – Shveytsariya 1:2 (0:0, 1:2)
Gollar: 1:0 – 64 Chernyx, 1:1 – 69 Drmich, 1:2 – 84 Shakiri.
Litva – Zubas, Mikutskis, Klimavichyus, Vaytkunas, Andryushkyavichyus, Slivka (Vichyus, 76), Chesnauskis (Luksha, 86), Julpa (Xvedukas, 61), Panka, Chernyx, Matulyavichyus.
Shveytsariya – Zommer, Juru, Rodriges, Sher, Lixtshtayner, Jaka, Inler (Jyemaili, 58), Shakiri, Bexrami, Drmich (Embolo, 81), Seferovich (Mexmedi, 57).
Ogohantirishlar: Jaka (44), Panka (44), Chesnauskis (83), Xvedukas (89), Mikutskis (90).

"G" guruhi

Rossiya – Avstriya 0:1 (0:1, 0:0)
Gol: 0:1 – 33 Yanko.
Rossiya – Akinfeyev, Berezutskiy (Chernov, 12), Smolnikov, Novoseltsev, Kombarov (Kerjakov, 71), Shatov, Glushakov, Shirokov, Ivanov (Miranchuk, 46), Jirkov, Kokorin.
Avstriya – Almer, Xinteregger, Klyayn, Dragovich, Fuks, Yunuzovich (Predl, 86), Baumgartlinger, Arnautovich, Ilzanker, Xarnik (Zabittser, 65), Yanko (Okoti, 75).
Ogohlantirishlar: Kokorin (80), Klyayn (87).

Lixtenshteyn – Moldova 1:1 (1:1, 0:0)
Gollar: 1:0 – 21 Vizer, 1:1 – 44 Bogyu.
Lixtenshteyn – Yyele, Ori (Kyune, 41), Kristen, Kaufmann, Burgmayyer, Byuxel (Gubser, 69), Vizer, Polverino, Frik, Erne (Brendle, 83), Yyldyz.
Moldova – Chebanu, Erxan, Armash, Yepuryanu (Karp, 46), Raku, Gatskan, Kojokar, Petrash (Antonyuk, 89), Keptine (Milinchanu, 36), Bogyu, Dedov.
Ogohlantirishlar: Vizer (50), Gatskan (51), Erne (76).

Shvetsiya – Chernogoriya 3:1 (3:0, 0:1)
Gollar: 1:0 – 38 Berg, 2:0 – 40 Ibrohimovich, 3:0 – 44 Ibrohimovich, 3:1 – 64, penalti Damyanovich.
Shvetsiya – Isaksson, Bengtsson, Yuxansson, Miloshevich, Vendt, Zengin (Forsberg, 64), Ekdal, Larsson, Chelstrem (Vernblum, 72), Ibrohimovich (Toyvonen, 90), Berg.
Chernogoriya – Poleksich, Savich, Simich (Balich, 75), Zverotich (Savelich, 58), Tomashevich, Vukchevich, Kashchelan (Bolevich, 46), Marushich, Mugosha, Bechiray, Damyanovich.
Ogohlantirishlar: Simich (48), Tomashevich (54), Bolevich (55), Chelstrem (68), Ekdal (81), Vukchevich (88).

Top