10:59 / 15.06.2015
2618

Liviya rasmiylari terrorchilar rahbarining aviazarbalar chog‘ida halok bo‘lganini ma'lum qildi

Liviya rahbariyati “al-Qoida”ga yaqin turuvchi “al-Murabitun” guruhining rahbari Muxtor Bilmuxtorning AQSh tomonidan berilgan avizarbalar chog‘ida halok bo‘lganini ma'lum qildi. Bu haqda Reuters agentligi xabar bermoqda.

“Biz mamlakat sharqida AQSh tomonidan o‘tkazilgan harbiy amaliyot chog‘ida terrorchi Bilmuxtorning halok bo‘lganini tasdiqlaymiz”, – dedi rasmiylardan biri muxbirlar bilan suhbat chog‘ida.
AQSh mudofaa vazirligi vakili Eylin Laynesning ma'lum qilishicha, bu haqda hozircha boshqa ma'lumot to‘planmagan.

Top